To'lov tartibi
1. To'lovga qadar bo'lgan bosqichlar
Academic Journal of Science and Progress jurnalida ilmiy maqolalarni nashr etish shaffof va qat'iy akademik talablar asosida amalga oshiriladi. Maqolangizni e'lon qilish jarayoni quyidagi tartibda kechadi:
- Maqolani yuborish: Muallif Mualliflarga bo'limidagi ko'rsatmalar asosida tayyorlangan maqolasini veb-sayt orqali tahririyatga yuboradi.
- Tahririyat va taqriz tekshiruvi: Yuborilgan material jurnal talablariga muvofiqligi tekshirilib, yopiq taqrizdan (Blind Review) o'tkaziladi.
- Tasdiqlash: Tahririyat hay'ati tomonidan ijobiy xulosa berilgandagina maqola nashr uchun rasman tasdiqlanadi.
2. Maxsus to'lov havolasini qabul qilish
E'tibor bering, oldindan yoki o'zboshimchalik bilan to'lov qilish amalga oshirilmaydi.
Maqolangiz tahririyat hay'ati tomonidan to'liq tasdiqlangach va barcha mezonlarga muvofiq deb topilgach, ro'yxatdan o'tgan elektron pochtangizga maxsus va xavfsiz to'lov havolasi (link) yuboriladi, va ushbu havola orqali 360 000 so‘m to‘lashingiz kerak bo‘ladi.
Muhim eslatma
To'lov tasdiqlangandan so'ng, maqolangiz navbatdagi nashr soniga kiritiladi va tegishli tartibda rasmiy DOI raqami bilan e'lon qilinadi. To'lov jarayoni yoki xavfsizlik bo'yicha savollaringiz bo'lsa, Aloqa bo'limi orqali tahririyatimizga murojaat qilishingiz mumkin.