Mualliflarga ko'rsatmalar
1. Umumiy talablar
Academic Journal of Science and Progress jurnaliga ilgari e'lon qilinmagan va boshqa nashrlarga ko'rib chiqish uchun taqdim etilmagan original ilmiy maqolalar qabul qilinadi.
- Maqola tili: O'zbek, rus yoki ingliz tili.
- Hajmi: 6 sahifadan 15 sahifagacha.
- Noyoblik darajasi (Anti-plagiat): Kamida 80% bo'lishi talab etiladi. Barcha materiallar avtomatik tarzda tekshiriladi.
2. Matnni rasmiylashtirish va formati
- Fayl formati: MS Word (.docx).
- Faylning maksimal kattaligi: 3MB.
- Shrift va o'lcham: Times New Roman, 12pt.
- Satrlararo interval: 1.15 yoki 1.5.
- Hoshiyalar (Поля): Har bir tomondan 2 sm.
- Formula va jadvallar: Formulalar MS Equation / MathType orqali kiritilishi, jadvallar va rasmlar raqamlangan hamda nomlangan bo'lishi shart.
3. Maqola strukturasi
- UDK(UDC) indeksi (sahifaning yuqori chap burchagida).
- Maqola sarlavhasi (bosh harflar bilan, qisqa va mazmunga mos).
- Mualliflar haqida ma'lumot: F.I.Sh., ilmiy daraja/unvon, ish yoki o'qish joyi (Affiliation), ORCID ID, mas'ul muallifning e-mail manzili.
- Annotatsiya (Abstract): 150–250 so'zdan iborat (maqola maqsadi, usullari va asosiy natijalari).
- Kalit so'zlar (Keywords): 5–8 ta tayanch ibora.
- Asosiy matn (IMRAD standarti bo'yicha):
- Kirish (Introduction) — mavzuning dolzarbligi va maqsadi.
- Material va usullar (Materials and Methods) — tadqiqot usullari.
- Natijalar (Results) — olingan ma'lumotlar va tahlil.
- Munozara (Discussion) va Xulosa (Conclusion) — natijalar muhokamasi va yakuniy xulosalar.
- Adabiyotlar ro'yxati (References): Manbalarga DOI havolalarini ko'rsatish majburiy.
4. Taqrizdan o'tkazish tartibi
Barcha kelib tushgan maqolalar soha mutaxassislari tomonidan yopiq (Blind Review) tarzda taqrizdan o'tkaziladi. Taqriz natijasiga ko'ra maqola nashrga qabul qilinadi, qayta ko'rib chiqishga yuboriladi yoki rad etiladi.
Maqola namunasini yuklab olish
Maqolangizni jurnal talablariga mos ravishda rasmiylashtirish uchun tayyor .docx shablonini yuklab oling:
Namunani yuklab olish (.docx)